9 oyda metropolitenda qancha yo‘lovchi tashilgan?
Davlat statistika qo‘mitasi joriy yilning yanvar-sentabr oylarida jamoat transportlarida qancha yo‘lovchi tashilgani haqida maʼlumot berdi.

Tahlillarga ko‘ra, 2021 yilning 9 oyi davomida metropolitenda 68,8 mln. yo‘lovchi tashilgan.
Mazkur raqam o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda tashish jarayonining o‘sish surʼati 2,9 baravarga ortganini ko‘rish mumkin.
Bundan tashqari, yo‘lovchilar elektr transportidan foydalanish bo‘yicha taqsimlanganda, uning eng katta qismi (97,1 foiz) yerosti transporti hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan qismi tramvay (2,3 foiz) va trolleybusdan (0,6 foiz) foydalangan.
Eslatma: mazkur statistikada umumiy foydalanish nazarda tutilgan, aholi soni sanalmagan.
Bundan avval statistika qo‘mitasi yanvar-may oylaridagi qurilish ishlari, O‘zbekistonda aholi soni 35 milliondan oshgani hamda aholining necha foizi mehnatga layoqatliligi haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







