1-5 noyabr kunlari O‘zbekistonda sinov tariqasida aholini onlayn ro‘yxatga olish boshlanadi
2023 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbiriga tayyorgarlik ishlari boshlandi.

Shu yo‘nalishda 2021 yil 1-25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumani, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva shahri hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sinov tariqasida aholini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.
Davlat statistika qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston aholisini keng ko‘lamli ro‘yxatga olish tadbirlari oldidan joriy yilning 1-5 noyabr kunlari Internet tarmog‘i orqali aholini sinov tariqasida ro‘yxatga olish o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun: onlayn tadbirda “census.stat.uz” ning havolasi orqali O‘zbekistondagi va xorijdagi barcha fuqarolar ixtiyoriy qatnashishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval "Elektron kuzatuv maskanlari" faoliyati yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







