Afg‘onistonda odam va qurol o‘g‘irlash holatlari ko‘paymoqda
Kobul aholisi so‘nggi paytda odam va qurol o‘g‘irliklari ko‘payganidan shikoyat qilmoqda.

Mamlakatning Savdo-sаnoat palatasi raisi o‘rinbosari Xon Yan Alokozaining maʼlum qilishicha, oxirgi ikki oyda 40 dan ortiq tadbirkorlar o‘g‘irlab ketilgan.
Kobul aholisi so‘nggi paytda odam va qurol o‘g‘irliklari ko‘payganidan shikoyat qilmoqda. Ular “Tolibon”ni xavfsizlikni taʼminlash va jinoyatchilikning oldini olish uchun choralar ko‘rishga chaqirgan.
Ayniqsa Qobul, Qandahor, Nangahor, Qunduz, Hirot va Balx viloyatlarida o‘g‘irlik holati ko‘p kuzatilgan. O‘g‘irlanganlarning 4 nafari halok bo‘lgan, ayrimlari bedarak yo‘qolgan.
Afg‘oniston Islom Amirligi ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Qori Said Xostiy yaqin kelajakda tadbirkorlarga o‘zlarini himoya qilishlari uchun qurol litsenziyasi berilishini maʼlum qildi.
So‘nggi ikki oy davomida Kobul va Afg‘onistonning boshqa hududlarida 40 dan ortiq tadbirkor o‘g‘irlab ketilgan.
Savdo-sanoat palatasi o‘rinbosari Xon Yan Alokozai o‘g‘irliklar ko‘payishiga “Tolibon” tomonidan xususiy xavfsizlik kompaniyalaridan qurollar olib qo‘yilganini sabab qilib ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval ISHID pistirma uyushtirib, 17 nafar “Tolibon” jangarilarini o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







