Jahon

Angela Merkel o‘z faoliyatidagi ikkita eng katta muammo haqida gapirdi

26 oktyabrdan beri Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchiga aylangan Angela Merkel o‘z faoliyatidagi ikkita eng katta muammo haqida gapirdi.

Angela Merkel o‘z faoliyatidagi ikkita eng katta muammo haqida gapirdi

 

Uning taʼkidlashicha, bular 2015 yildagi migratsiya inqirozi, shuningdek, koronavirus pandemiyasidir.

 

"Koronavirus pandemiyasi boshidanoq menga juda qiyin bo‘lib tuyulgan. 2015 yilda kelgan qochqinlarning katta oqimiga dosh berish ham xuddi shunday qiyin edi", - dedi Merkel.

 

U vaziyatning murakkabligini ikkala holatda ham inson hayoti haqida gapirayotgani bilan izohladi.

 

"Ko‘p odamlarga taʼsir qiladigan qarorlar qabul qilish stress va hayajonli bo‘lishi mumkin", - dedi Merkel.

 

Germaniyaning uzoq muddatli kansleri lavozimidagi qarorlari orasida afsuslanadigan jihatlar ham bor.

 

U eng muhim qarorlari qatorida Turkiya bilan migratsiya oqimini cheklash bo‘yicha kelishuvni qayd etdi.

 

“Ushbu kelishuv migratsiyani tartibga solishga katta hissa qo‘shdi, Turkiyaga o‘z hududidagi millionlab suriyalik qochqinlarga g‘amxo‘rlik qilishga yordam berdi”, — dedi Merkel.

 

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer Merkelga o‘z vakolati tugagani haqida xabarnoma topshirgan edi. U dekabr oyida o‘z vorisi tayinlanguncha muvaqqat kansler bo‘lib turadi.

 

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Angela Merkel o‘z faoliyatidagi ikkita eng katta muammo haqida gapirdi | Zamon.uz