Jahon

Evakuatsiya OAVda ko‘rsatilgandan ko‘ra dahshatliroq bo‘ldi — afg‘onistonlik qochqin hikoyasi

"Oilamni bu yerga olib kelish uchun istalgan shaxs bilan gaplashishga tayyorman. Aks holda Afg‘onistonga qaytib ketaman”, – degan qochqin.

Evakuatsiya OAVda ko‘rsatilgandan ko‘ra dahshatliroq bo‘ldi — afg‘onistonlik qochqin hikoyasi

 

Afg‘onistonlik ingliz tili o‘qituvchisi Afg‘onistondan evakuatsiya qilinishi tarixini gapirib berdi. U bilan “Ria Novosti” suhbat uyushtirdi.

 

Nashr suhbatdoshi o‘z ismini oshkor qilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘plab afg‘onlar AQSH Kobul aeroportidan istalgan shaxs evakuatsiya qilinayotganini eshitib, shaxsni tasdiqlovchi hujjat o‘rniga, elektr energiyasiga qilingan to‘lov hisob raqamlarini olib kelgan. Uning o‘zi esa, xotini va bolalarini tashlab, AQSH ga ketishga majbur bo‘lganini maʼlum qildi.

 

“Men boshqalarning velosipedlarini rasmga olib bolalarimga jo‘natman va ularga sotib olganimni aytaman. Bunday qilishimga sabab – ularda umidni so‘ndirmaslik. Oilamni bu yerga olib kelish uchun istalgan shaxs bilan gaplashishga tayyorman. Aks holda Afg‘onistonga qaytib ketaman”, – degan afg‘on.

 

U AQSH harbiylariga evakuatsiya uchun minnatdorlik bildirdi, ammo jarayon o‘ta dahshatli bo‘lganini taʼkidladi. “Bu dahshat edi, ishonish qiyin. Men hech qachon bunday bo‘ladi deb o‘ylamagandim. Evakuatsiya OAVda ko‘rsatilgandan ko‘ra dahshatliroq bo‘ldi”, – deb qo‘shimcha qilgan u. Qochqinning so‘zlariga ko‘ra, kimdir AQSH hammani evakuatsiya qilishi haqida yolg‘on maʼlumot tarqatgan. Shundan keyin minglab odamlar aeroportga intila boshlagan va vaziyat butunlay nazoratdan chiqib ketgan.

 

U ko‘pchilikning qo‘lida zarur hujjatlar yo‘q bo‘lganini, aksariyat odamlar elektr energiyasiga qilingan to‘lov to‘g‘risida qog‘oz va Amerikada ishlab chiqarilgan pechenye qutilarini ko‘rsatib, aeroportga kirishga harakat qilganini maʼlum qildi.

 

O‘zining evakuatsiya qilinishi tarixini so‘zlab berar ekan, afg‘on aeroportga kelganda otishma boshlanganini, shu sababli oilasini tashlab ketishga majbur bo‘lganini taʼkidlagan. Uning rafiqasi erkakning o‘zi ketishiga rozilik bildirgan, u esa imkoniyat tug‘ilishi bilan oilasini AQSH ga olib ketishga vaʼda bergan. Aeroportda ekanligida qochqin ko‘plab dahshatli hodisalarga guvoh bo‘lgan.

 

“Ko‘pchilik birinchi marta samolyotni ko‘rishi edi. Shu sababli ular toliblar qo‘lida qolgandan ko‘ra, samolyotga osilib bo‘lsa ham Afg‘onistonni tark etishni afzal ko‘rdi”, – dedi u.

 

Uni Filadelfiya shtatiga olib kelishgan va keyinchalik harbiy bazalardan biriga jo‘natishgan.

 

Maʼlumot o‘rnida: Afg‘onistonda 15 avgust kuni hokimiyat toliblar qo‘liga o‘tdi. Shundan keyin AQSH va G‘arb davlatlari  fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onistonliklar evakuatsiya qilindi. So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, AQSHga 55 ming afg‘onlar olib kelingan.

 

Bundan avval AQSHning Afg‘onistondagi ishtirokiga oid ko‘plab maʼlumotlarni olish cheklab qo‘yilgani to'g'risida xabar berilgandi. Shuningdek, afg‘onistonlik qochqin qiz AQSH bazasidagi hayotini so‘zlab bergandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bir kun ichida fuqarolik va pasport: Japarov mas’ullarga topshiriq berdi

Bunga O‘zbekistondan kelgan ayolning fuqarolik olishdagi muammosi sabab bo‘lgan.

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

35 yillik qarz yuki: Ukraina 2061-yilgacha qarz to‘laydi

Mamlakatning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan qarzi 2026-yil avgustida 215,55 milliard dollarga yetgan.

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

“Men buni juda xohlardim”: Tramp uchinchi muddat haqida gapirdi

AQSH prezidenti uchinchi muddatda prezident bo‘lish istagini bildirdi.

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Rossiyada migrantlar uchun imtiyoz: ayrim ishchilar rus tili imtihonidan ozod qilinishi mumkin

Ichki ishlar vazirligi ayrim migrantlarni rus tili, tarix va qonunchilik bo‘yicha imtihondan ozod qilishni taklif qildi.

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Husiylar hujumi Saudiya Arabistonini xavotirga soldi: qirollik Pokistondan yordam so‘radi

Qirollik zenit-raketa zaxiralari yetishmovchiligi tufayli mavjud tizimlarni qayta taqsimlamoqda.

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Dunyoda qashshoqlik ortdi: muhtojlar soni 1,2 milliardga yetdi

Qashshoqlikda yashayotganlarning yarmidan ko‘pini bolalar tashkil etadi. Tadqiqot 108 ta rivojlanayotgan mamlakatni qamrab olgan.

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

Sun’iy intellekt va yadroviy urush: 2100-yilga borib insoniyatga nima xavf soladi?

17 ta global xavf milliardlab insonlarning hayoti va salomatligiga zarar yetkazishi mumkin.

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex’dagi nosozliklar: uskunalarni tiklash yarim yilgacha vaqt oladi

Yandex ma’lumotlar markazlariga qilingan dronlar hujumidan keyin ayrim xizmatlarda uzilishlar kuzatildi.