O'zbekiston

O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘lchilari transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha hamkorlikda ish boshladi

“O‘zbekiston temir yo‘llari” va "Rossiya temir yo‘llari" kompaniyalari transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha hamkorlikdagi ishni boshladi.

O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘lchilari transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha hamkorlikda ish boshladi

Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.

Ikki tomonlama kelishuvga ko‘ra, “Termiz-Mozori Sharif – Kobul – Peshovar” temiryo‘li bo‘yicha texnik va kartografik maʼlumotlar almashiladi.

Shuningdek, temiryo‘lning afg‘on uchastkasidagi har bir o‘tkazish punkti yillik o‘tkazish quvvati o‘rganib chiqilishi belgilandi. Shuningdek, tez kunlarda O‘zbekiston, Afg‘oniston va Rossiya temiryo‘l rahbariyati o‘rtasida muzokara o‘tkazilishiga kelishib olindi.

Maʼlumot o‘rnida: temiryo‘l loyihasi umumiy qiymati 5 milliard dollarni tashkil etadi. Uning tranzit quvvati yiliga 20 million tonna. Temiryo‘l Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lovchi asosiy transport yo‘lagi bo‘ladi.

Bundan avval Termizda "Tolibon" bilan muzokaralar o‘tkazilgani va unda temiryo‘l masalasi ko‘tarilgani  xabar qilingandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekiston va Rossiya temiryo‘lchilari transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha hamkorlikda ish boshladi | Zamon.uz