Yo'lovchilardan niqob taqishni so‘ragan haydovchi kaltaklandi
voqea Kiyevda sodir bo'lgan. Hozirda politsiya tomonidan haydovchiga tan jarohat yetkazgan yigitlar qidirilmoqda.

Maydana markazida uch erkak taksi chaqirgan. Chaqiruvga o‘z vaqtida Roman ismli 26 yoshli haydovchi yetib kelgan va yo‘lovchilardan niqob taqib olishni so‘ragan. Biroq yigitlar bu talab evaziga haydovchini bo‘g‘ib, kaltaklay boshlashgan. So‘ng tahdid qilib, ularni aytilgan manziligacha bepulga olib borishga majbur qilishgan.
Haydovchi ilojsizlikdan qarshilik qilmay, aytilgan joyga olib borib qo‘ygan. So‘ng Kiyevga qaytib kelib, politsiyaga murojaat qilgan. Jabrlanuvchi bosh miya chayqalishi, yuqori jag‘ sohasining sinishi va yuzdagi turli tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar bir necha kundan keyin yuz qismi operatsiyasi qilishni aytmoqda.
Hozirda politsiya tomonidan haydovchiga tan jarohat yetkazgan yigitlar qidirilmoqda.
Avvalroq metroda begona qizni himoya qilgan yigit hamda jurnalist va operator Kobuldagi qashshoqlar va ishsizlik haqida lavha tayyorlash vaqtida toliblar tomonidan kaltaklangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







