Jahon

Jiddiy inqiroz yaqinlashmoqda — Dmitriy Medvedev

RF sobiq bosh vaziri bunga nima sabab bo‘lishini maʼlum qilgan.

Jiddiy inqiroz yaqinlashmoqda — Dmitriy Medvedev

 

Rossiya sobiq bosh vaziri, RF xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedevning fikricha, dunyoda oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan bog‘liq jiddiy inqiroz boshlanmoqda. Bu haqda Medvedevning "Novaya gazeta" nashrida eʼlon qilingan maqolasida so‘z boradi.

 

"Ochiq ko‘rinib turibdi — dunyoda oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan bog‘liq inqiroz boshlanmoqda. Ularning narxi hamma joyda ko‘tarilmoqda, inflyatsiya tezlashmoqda" — deya qayd etgan siyosatchi.

 

Shuningdek, Medvedev jahon iqtisodiyotining hozirgi holati 2008-2009 yillardagi moliyaviy inqiroz davridagidan ham jiddiy ekaniga eʼtibor qaratdi. Uning fikricha, hozirgi iqtisodiy inqiroz asosan rivojlangan va yuqori darajada globallashgan davlatlar iqtisodiyotiga kuchli zarba bergan. Shu bilan birga aynan shu davlatlar tezroq tiklanish imkoniyatini namoyish qilmoqda.

 

Xususan, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra, aksariyat rivojlangan davlatlar iqtisodiyoti 2022 yil oxiriga kelib inqirozgacha bo‘lgan holatiga qaytadi. Ayrim rivojlanayotgan mamlakatlarda esa bu 2024 yilga kelib yuz berishi kutilmoqda. Medvedevning fikricha, global tushkunlik oqibatlarini bartaraf etish uchun samarali siyosat yuritish kerak.

 

“Hozirning o‘zida ayrim davlatlarning tashqi qarzi misli ko‘rilmagan darajada oshib ketgan. Inflyatsiyaning o‘sishi yangi tahdidga aylandi. Iqtisodiyot tiklanishi, shuningdek, tashqi savdo aylanmasiga bog‘liq. Aniq prognozlarni oldindan aytish qiyin.

Shu bilan birga eng katta to‘siqlar siyosiy xarakterdagi omillardir. Ulardan biri – koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlik. Ammo ko‘pchilik davlatlarda bu borada siyosiy iroda ko‘rsatilmayapti. Bu hozirda eng katta muammolardan biri”, – degan Medvedev.

 

Avvalroq Vladimir Putin Ukraina haqida maqola yozgani hamda CNBC kanaliga  katta intervyu bergani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.