O'zbekiston

Uylarning narxi sezilarli darajada tushadi

“Yangi uy-joy massivlarini ichki va tashqi infratuzilma bilan taʼminlashga byudjetdan har yili 1 trillion so‘m ajratiladi” — Prezident Shavkat Mirziyoyev.

Uylarning narxi sezilarli darajada tushadi

 

Ayni  paytda Toshkent shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Kun tartibiga ikkita muhim masala kiritilgan:

 — aholini sifatli uy-joy bilan taʼminlash, "Yangi O‘zbekiston" massivlarini barpo etish;

— shaharlar, tuman markazlari hamda aholi punktlarida ekologik vaziyat va havo tozaligini yaxshilash maqsadida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish.

 

Aholi soni kelgusi besh yilda 38 millionga yetishi kutilmoqda

— "So‘nggi yillarda ipoteka dasturlari doirasida 140 mingdan ortiq uy-joy barpo etildi. Mamlakatimizda har yili 300 mingga yaqin nikoh qayd etilmoqda, aholi soni kelgusi besh yilda 38 millionga yetishi kutilmoqda.

Bularni inobatga olib, aholini uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish uchun kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurishimiz zarur.

Joylardagi saylovoldi uchrashuvlarida har bir hududda barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston massivlari”ni barpo etish, bu orqali kelgusi besh yilda 250 mingdan ziyod xonadon qurish reja qilingan", — dedi Prezident.

 

“Yangi uy-joy massivlari narxini bu yilgi darajada ushlab qolish zarur”

 

Uylar narxini barqaror saqlab turish maqsadida yangi uy-joy massivlarini ichki va tashqi infratuzilma bilan taʼminlashga byudjetdan har yili 1 trillion so‘m ajratiladi.

 

Tadbirkorlik jamg‘armasi tomonidan quruvchilarga Markaziy bank stavkasidan oshgan qismi 24 oy davomida qoplab beriladi. Bu maqsadlar uchun byudjetdan 1 trillion so‘m yo‘naltiriladi.

 

Shuningdek, kelgusi yili yangi massivlarda qurilayotgan uylarning 1 mingtasi ehtiyojmand oilalar va yolg‘iz ayollar uchun davlat tomonidan kafolatli sotib olinadi. Buning uchun 220 milliard so‘m mablag‘ qurilish tashkilotlariga oldindan o‘tkazib beriladi.

 

Bundan tashqari, sement importi uchun imtiyozlar muddati yana bir yilga uzaytiriladi.

 

Sement ishlab chiqaruvchilarga foyda solig‘i 20 foizdan 15 foizgacha, yer qaʼridan foydalanganlik solig‘i esa 2 baravarga kamaytiriladi. Bu 1 tonna sementning ishlab chiqarish tannarxini 7 foizga qiskartirish imkonini beradi.

 

Bular ham uylarning narxini sezilarli tushirishga olib keladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Uylarning narxi sezilarli darajada tushadi | Zamon.uz