O'zbekiston

Uzum ostiga yashirilgan katta miqdordagi giyohvand moddalar aniqlandi

Toshkent viloyatida 156 kg.ga yaqin yirik miqdorda giyohvandlik vositalarini mamlakatimizga olib kirishga bo‘lgan urinish fosh etildi.

Uzum ostiga yashirilgan katta miqdordagi giyohvand moddalar aniqlandi

Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot rahbari Nurbek Salomov zamon.uz ga maʼlum qildi. Boshqaruvidagi “DAF” rusumli avtomashina o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Hujjatlarga ko‘ra, uzum ortilgan avtomashina respublikamiz hududidan tranzit tarzida o‘tib, Rossiya Federatsiyasiga yetib borishi lozim edi.

Shubha ostiga olingan yuk avtotransport vositasi tezkor tuzilmalarning maxsus kuzatuvi ostida, “Yangiyo‘l” bojxona postida o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Transportga ortilgan uzumlar tushirilgach, tirkamaning pol qismi ochib ko‘rildi. Bojxona xodimlarining ko‘zini shamg‘alat qilish maqsadida polda yashirin bo‘lmalar hosil qilinib, ular orasiga esa yashil rangli yelim idishlar poliuretan ko‘pik ko‘magida zichlab joylashtirilgani maʼlum bo‘ldi.

Uddaburonlik bilan joylashtirilgan 141 dona yelim idishlarda, idishi bilan hisoblaganda jami 156 kg.ga yaqin giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.

Idishlardagi giyohvandlik vositalarining hidini xizmat itlari payqamasligi uchun idish qopqog‘i maxsus smola - qatron ko‘magida ishlov berilganligi maʼlum bo‘ldi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 149,76 kg. “gashish”, 4,44 kg. “opiy” va 1,52 kg. “geroin” giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Avvalroq, Yakkasaroyda o‘tkazilgan tungi reydda “Lacetti” salonidan giyohvandlik moddasi topilgani  hamda Surxondaryolik haydovchi O‘zbekistonga 97 kilo giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringani haqida xabar bergandik.

 

Munojat Valiyeva

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Uzum ostiga yashirilgan katta miqdordagi giyohvand moddalar aniqlandi | Zamon.uz