Jahon

AQSHda 5-11 yoshli bolalarni koronavirusga qarshi emlashga rasman ruxsat berildi

Bunda Pfizer-BioNTech vaksinasidan foydalaniladi.

AQSHda 5-11 yoshli bolalarni koronavirusga qarshi emlashga rasman ruxsat berildi

 

AQSH Kasalliklar nazorati va profilaktikasi federal markazi 5-11 yoshli bolalarni koronavirusga qarshi Pfizer-BioNTech vaksinasi bilan emlashga ruxsat berdi. Bu haqda "TASS" xabar qildi.

 

Pfizer-BioNTech bolalar uchun maxsus vaksina ishlab chiqqan.

 

Markaz qo‘mitasi bir ovozdan yuqoridagi vaksinaning ikki dozasi bilan bolalarni emlashga ovoz bergan. 5-11 yoshlilar kattalar qabul qiladigan vaksinaning uchdan bir dozasida emlanishi belgilangan. Ikkinchi doza birinchi emlanishdan  3 hafta vaqt o‘tgach qilinadi. Xabarda aytilishicha, shu haftaning juma kunida Pfizer‘ning bolalar uchun mo‘ljallangan vaksinasi sotuvga chiqariladi.

 

Oktabr oyida AQSH Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar vazirligi ham bolalarni koronavirusga qarshi emlanishiga ruxsat bergandi.

 

Bundan avval Buyuk Britaniyada ham bolalar koronavirusga qarshi emlanishi mumkinligi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.