O'zbekiston

O‘zbekistonda ilk marta aholidan elektr energiyasi sotib olina boshlandi

Ushbu stansiya orqali yiliga 7 000 dan 10 000 kVt.soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

O‘zbekistonda ilk marta aholidan  elektr energiyasi  sotib olina  boshlandi

 

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi Rahimjon Rasulov xonadonida 6 kVt. quvvatli kichik quyosh foto elektr stansiyasi o‘rnatib, ushbu stansiya orqali ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni boshladi.  Shuningdek, mazkur xonadon egasi va Energetika vazirligi tizimidagi Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida "Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kichik obyektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida” shartnoma imzolandi.

 

Bu xonadonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hududiy elektr taʼminoti korxonasi tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi.

 

Shartnoma umumiy o‘rnatilgan quvvati 1 MVt.gacha (o‘zgaruvchan tok) bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlaridan, (mikro va kichik gidroelektr stansiyalardan tashqari) elektr eneriyasini xarid qilishga taalluqlidir.

 

 Maʼlumot o‘rnida:  amaliyot Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subektlarini yagona elektr energetika tizimiga ulash reglamenti”ga asosan amalga oshiriladi.

 

Shaxsiy quyosh fotoelektr stansiyalarini (1 MVt.gacha) o‘rnatish istagida bo‘lgan fuqarolar stansiyalarini yagona energetika tizimiga ulangan holda foydalanishlari hamda o‘z ehtiyojidan ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuqoridagi qarorlarga asosan shartnoma asosida sotishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Surxondaryoda elektr stansiyalar qurilishi va Navoiyda quyosh stansiyasi ishga tushirilishi 80 million kub metr gazni iqtisod qilish imkonini berishii  haqida xabar berilgandi.

Cho‘lponoy Ahmedova tayyorladi

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda ilk marta aholidan elektr energiyasi sotib olina boshlandi | Zamon.uz