Poytaxtimizda sanoatning to‘rtta ixtisoslashgan yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tmoqda
Tadbirda dunyoning 14 ta davlatidan 100 dan ortiq kompaniya vakillari ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazmalar “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi tomonidan tashkil etilyapti. “Transport va Logistika – Translogistisa Uzbekistan 2021” xalqaro ko‘rgazmasi, shular jumlasidan.
Mazkur ko‘rgazma mamlakatimizga chet el investitsiyasi kirib kelishini rag‘batlantirish, mahalliy va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida hamkorlik munosabatlarini yana-da takomillashtirish imkonini berishi bilan ahamiyatlidir.
Eslatib o‘tamiz “Transport va Logistika – Translogistisa Uzbekistan” xalqaro ko‘rgazmasi 5-noyabrga qadar davom etadi.
Bundan avval Toshkentdagi ko‘rgazmada Fransiyalik talabalar o‘z kulolchilik mahsulotlarini namoyish qilgani hamda 2022-yilda Osiyo va Tinch okeani muzeyi Markaziy Osiyo keramika ekspozitsiyasini ochish rejalashtirayotgani haqida maʼlumot berilgandi.
Munojat Valiyeva







