Virjiniyada otishma: uch ayol halok bo‘lgan
Jinoyatchi voqea joyidan qochib ketgan.

AQSHning Virjiniya shtatidagi otishma oqibatida 3 nafar ayol halok bo‘ldi. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.
Virjiniya shtati Norfolk shahri politsiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, otishma maishiy nizo oqibatida kelib chiqqan degan taxmin ilgari surilmoqda. Hozirda 3 ayol halok bo‘lgan. Bundan tashqari yana ikki kishi shifoxonaga yotqizilgan.
Mahalliy WAVY-TV telekanali maʼlumotlariga ko‘ra, otishma sodir etgan erkak voqea joyidan qochib ketgan va haligacha qo‘lga olinmagan.
Bundan avval Panamada tungi bazmga "Kalmar o‘yini" qahramonlari kiyimida kelganlar ishtirokida otishma bo‘lgani hamda AQSHning Aydaxo shtati savdo markazidagi otishmada 6 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev







