Berlinda Rossiya diplomati baxtsiz hodisa qurboniga aylandi
Hodisa 19-oktyabr kuni sodir bo‘lgan.

Berlinda rossiyalik diplomatning jasadi topildi. bu haqda Spiegel xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, hodisa 19-oktyabr kuni sodir bo‘lgan. Berlin politsiyasi Rossiya elchixonasining konsullik bo‘limi binosi atrofida erkak tanasini topgan. Vrachlar uning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmagan.
Katta ehtimol bilan diplomat derazadan qulab tushgan. U elchixonaning ikkinchi kotibi bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Spiegel maʼlumotlariga ko‘ra, uning jasadi Rossiyaga olib ketilgan. Germaniya politsiyasi taxmin qilishicha, marhum diplomat niqobi ostidagi maxsus xizmat agenti bo‘lgan.
Avvalroq Yevropa Ittifoqi Ukrainada maxsus harbiy missiya ochishi https://zamon.uz/uz-to/detail/yevropa-ittifoqining-ukrainada-harbiy-missiyasi-ochilishi-mumkin-dunyo to‘g‘risida xabar qilingandi.
Jahongir Qo'ziyev







