Dorixona sotuvchisi va nomaʼlum shaxs o‘rtasidagi janjal o‘rganilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi dorixonalardan birida noqonuniy taqiqlangan dorilar sotilayotgani sabab fuqarolar o‘rtasida janjal kelib aks etgan video tarqaldi.

Ushbu video Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘rganildi. Bu haqda Noshkent shahar IIBB axborot xizmati boshlig‘i Nilufar Isaxanova Zamon.uz'ga xabar berdi.
Aniqlanishicha, tasvirda aks etgan holat joriy yilning 20 oktyabr kuni taxminan soat 15.30larda Chilonzor tumanidagi dorixonalardan biri oldida bo‘lgan.
Janjal 27 yoshli dorixona sotuvchisi Jaxongir va nomaʼlum shaxs o‘rtasida yuz bergan. Biroq bu janjal hakida IIOga xabar kelib tushmagan. Hozirda voqea sababi va janjallashgan boshqa shaxsni aniqlash choralari ko‘rilmokda.
P.S.: Agar kimdir videodagi janjallashgan shaxslarni tanisa, Chilonzor tumani IIO FMBga murojaat qilishlarini so‘raladi.
Munojat Valiyeva







