Rossiya Ukrainaga atigi bir sutka ichida katta qo‘shin kirita oladi — Petr Poroshenko
Ukraina sobiq prezidenti Moskva buning uchun zarur infrastruktura yaratganini aytgan.

Ukraina sobiq prezidenti Petr Poroshenkoning fikricha, Rossiya Ukrainaga atigi bir sutka ichida katta qo‘shin kiritishi mumkin. Bu haqda “Ria Novosti” xabar berdi.
“Zamonaviy urushda chegaralarda o‘n yoki yuz ming qo‘shin to‘plash shart emas. 2014 yildan boshlab Rossiya prezidenti Putin o‘z qo‘shinlarini 300-500 kilometr masofaga tezda yetkazish maqsadida bir necha temiryo‘l qurdi. Ular Ukrainaga bir necha kun ichida yetib kela oladi. Shuningdek, yangi aerodromlar qurilgan”, – degan Poroshenko.
Maʼlumot o‘rnida: Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi munosabatlar 2014-yilda sovuqlashgan. Bunga Ukraina sharqidagi urush va Qrimning Rossiyaga qo‘shib olinishi sabab bo‘lgan. Kiyev Rossiyani mamlakat ichki ishlariga aralashishda ayblab keladi.
Bundan avval Ukraina sobiq prezidenti uyushgan jinoiy guruhga rahbarlik qilishda gumonlanayotgani hamda RFda O‘zbekiston fuqarosi Ukraina foydasiga josuslik qilishda ayblangani haqida xabar berilgandi.
Jahongir Qo‘ziyev







