Jahon

Jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko‘tarildi

Оktabr oyida oziq-ovqat mahsulotlarining jahon miqyosidagi narxlari so‘nggi o‘n yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi.

Jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko‘tarildi

 

Bu bo‘yicha oxirgi eng yuqori ko‘rsatgich 2011 yilda kuzatilgan.

 

Tashkilot hisob-kitoblariga ko‘ra, oktyabr oyi yakunida eng ommabop oziq-ovqat mahsulotlari bo‘yicha narxlar indeksining qiymati 133,2 punktga yetgan. Maʼlumot uchun, indeks oxirgi marta 2011 yilda 130 punktdan oshib ketgandi.

 

O‘tgan oyda oziq-ovqat narxlari 3,9 foizga oshgan. Bunga ko‘p jihatdan don, yog‘ va sut mahsulotlari narxining ko‘tarilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

 

2020 yilning o‘rtalaridan boshlab oziq-ovqat narxlarining izchil o‘sishi davom etib, so‘nggi 12 oyda oziq-ovqat narxlari indeksi 30 foizdan ko‘proqqa oshgan.

 

Bundan oldin oziq-ovqat mahsulotlari va favqulodda yordamga muhtoj insonlar soni besh yil ichida eng yuqori darajaga ko‘tarilgani xabar qilingandi. Qayd etilishicha, 2020 yilda eng kamida 155 million kishi keskin ocharchilik muammosiga duchor bo‘ldi. Bunga nizolar, iqtisodiy qiyinchiliklar, shuningdek, koronavirus pandemiyasi va ekstremal tabiat hodisalari sabab bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich 2019 yilga taqqoslaganda 20 millionga ko‘proq hisoblanadi.

 

Fevral oyida BMT pandemiya sababli global oziq-ovqat tanqisligi xavfi haqida ogohlantirgandi. Tashkilotning taxminiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi oqibatida oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari o‘tgan yilga nisbatan oshib ketadi. Bu qashshoq davlatlarning 2021-yilda oziq-ovqat inqiroziga duch kelishi xavfi yana-da orttiradi.

 

Avvalroq O‘zbekistonda tovar va xizmatlar 5 foizga qimmatlashgani, ayrim oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilishi hamda bozorlardagi mahsulotlarning minimal-maksimal narxi eʼlon qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Jahon bozorida oziq-ovqat mahsulotlarining narxi ko‘tarildi | Zamon.uz