O'zbekiston

O‘n ming nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyaga yuboriladi

Rossiyada patent asosida ish boshlashgacha bo‘lgan vaqt ko‘pi bilan O‘zbekistonda 18 kun, Rossiyada 7 kun etib belgilangan.

O‘n ming nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyaga yuboriladi

 

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi majlislar zalida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mutasaddilari tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Anjumanda mutasaddilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini tashkillashtirilgan holda xorijga ishga jalb qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyada qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasi haqida batafsil maʼlumot berildi.

Unga ko‘ra, joriy yil sentyabr oyida Rossiya Federatsiyasi Mehnat va ijtimoiy himoya vaziri o‘rinbosari A.Pudov boshchiligida Qurilish va uy-joy xo‘jaligi, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Rostrud, Moskva hukumati hamda “Roskapstroy”, “Nostroy”, “Naymiks”, “Almas-integral”, “PIK Industriya”, “Reneyssans Xevi Indastris”, “Yandeks” kabi yirik ish beruvchi korxonalar vakillaridan iborat delagatsiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida qurilish sohasida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun o‘n ming nafar fuqaroni Rossiya Federatsiyasiga tashkiliy tarzda ishga jo‘natish bo‘yicha pilot loyihasi imzolangan.

– Pilot loyiha doirasida 10 ming mehnat migranti yaqin vaqt davomida soddalashtirilgan tartib asosida O‘zbekistondan rossiyaga ishga jalb qilinadi. Nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bog‘liq, jumladan, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi bo‘yicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi ko‘zda tutilmoqda, – dedi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshlig‘i Xayrulla Umarov.

Agentlik tomonidan Rossiyada ishlash istagini bildirgan fuqarolarga bir qancha qulayliklar yaratilgan bo‘lib, fuqarolarga Rossiya hududida ishlash huquqini beruvchi patent olishda talab etiladigan tibbiy ko‘rik Rossiya sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan Toshkentda o‘rnatilgan tibbiy asbob-uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Shuningdek, patent olishda talab etiladigan daktiloskopik ro‘yxatga va rasmga olish jarayonlari ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari tomonidan Rossiya tomoni uskunalari yordamida amalga oshiriladi.

Ushbu jarayonlar, yaʼni O‘zbekistonda fuqaroni tanlashdan boshlab, Rossiyada patent asosida ish boshlashgacha bo‘lgan vaqt ko‘pi bilan O‘zbekistonda 18 kun, Rossiyada 7 kun etib belgilangan. Taʼkidlash joiz, ushbu tadbirlar Rossiyada ishlash istagida bo‘lgan ko‘plab yurtdoshlarimiz uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratib, fuqarolarning vaqti va xarajatlari qisqarishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, anjuman davomida agentlik tomonidan xorijiy davlatlarga yuborilayotgan fuqarolarimizni haq-huquqlarini qonuniy himoya qilish, ish jarayonida qulayliklar yaratish, ish beruvchi korxonalar bilan qatʼiy belgilangan tartibda mehnat shartnomasini tuzish, tibbiy va yuridik jihatdan ko‘mak berish kabi bir qator amaliy ishlar qilinayotgani haqida ham maʼlumot berildi.  

Avvalroq, mehnat migrantlarining Rossiyaga kirishi soddalashtirilishi hamda Rossiyada migrantlarga maxsus chipli plastik kartalar tarqatilishi haqida xabar berilgandi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘n ming nafar o‘zbekistonlik mehnat migrantlari Rossiyaga yuboriladi | Zamon.uz