O'zbekiston

“Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti tarafdori O‘zbekistonga olib kelindi

Mazkur shaxs internet tarmog‘i orqali Suriya davlati hududidagi “Tavhid va jihod katibasi” xalqaro terroristik tashkiloti aʼzolarining taʼsiriga tushib qolgan.

“Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti tarafdori O‘zbekistonga olib kelindi

 

Xalqaro terroristik tashkilotga aloqadorligi uchun qidiruvda bo‘lgan, 1995 yilda tug'ilgan S.S. Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan xorijdan O‘zbekistonga olib kelindi.

 

U o‘zining tanishlari bilan Telegram messenjerida virtual guruh tashkil etib, ekstremistik oqimlar va xalqaro terroristik tashkilotlar g‘oyaviy rahnamolarining “jihod”ga chorlovchi materiallarini unga joylab, o‘zaro muhokama qilishgan. Shuningdek, Suriyadagi “Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkilotiga qo‘shilish uchun O‘zbekistondan chiqib ketmoqchi bo‘lishgan.

 

Huquq-tartibot idoralari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ularning noqonuniy harakatlari fosh etilgan. 2018-yilning iyun oyida S.S. va uning jinoiy aloqalariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yuzasidan sayyor sud majlisi o‘tkazilib, unga nisbatan insonparvarlik prinsipini qo‘llagan holda 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. 

 

Biroq u o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, Suriyadagi jangarilar safiga qo‘shilish maqsadida aylanma yo‘llar orqali davlat chegarasini kesib o‘tib, Markaziy Osiyo davlatlarining biriga borgan vaqtida hibsga olingan.

 

Hozirda unga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

“Tavhid va jihod katibasi” terroristik tashkiloti tarafdori O‘zbekistonga olib kelindi | Zamon.uz