Fransiya OAV O‘zbekiston bozorida ishlayotgan fransuz kompaniyalari haqida yozmoqda
“Veolia” kompaniyasi suv taʼminoti va kanalizatsiya tarmog‘ini birgalikda boshqarish bo‘yicha ikkita shartnoma imzoladi.

"Le Monde" elektron nashrida Fransiya kompaniyalari O‘zbekiston iqtisodiyoti ochiqligini qo‘llab-quvvatlab, mamlakatimizdagi faoliyatini faollashtirayotgani haqida maqola eʼlon qilindi.
Nashrning yozishicha, Fransiyaning “Veolia”, “Renault”, “Suez” va “Total” kabi kompaniyalari Markaziy Osiyo mintaqasidagi aossiy bozor bo‘lgan O‘zbekistonda ish boshlamoqda. Dastavval 2019 yil mamlakatning ikkinchi yirik shahri Samarqand bilan, so‘ngra 2020 yil poytaxt Toshkent bilan 142 million yevro miqdoridagi kelishuvga erishildi. Mazkur kompaniya 29 sentyabr kuni Toshkent shahrining isitish tarmog‘ini ekspluatatsiya qilish va unga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 30 yilga mo‘ljallangan shartnoma tuzdi", — deyiladi maqolada.
Shuningdek, maqolada qayta tiklanadigan energiya sohasida yetakchilardan biri - “Total” shoʻba kompaniyasi joriy yil may oyida O‘zbekistonda Yevropa investitsiya banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Fransiya taraqqiyot agentligi tomonidan 87,4 million yevro miqdorida moliyalashtiriladigan fotoelektr stansiyasi bunyod etilishi haqida maʼlum qilgani qayd etilgan.
Maʼlumot uchun: “Framatome” kompaniyasi Rossiyaning “Rosatom” guruhi uchun uskunalar yetkazib beruvchi sifatida mamlakatning birinchi atom elektr stansiyasini qurishda ishtirok etadi.
Avvalroq Hindistonning “Political Events” jurnali sahifasida “Yangi O‘zbekiston zamonaviy tashqi siyosatining xalqaro-huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda” sarlavhali maqola hamda Saudiya Arabistonining yetakchi nashrlaridan biri bo‘lgan "Al-Muashshir al-Iqtisadiy" gazetasida "O‘zbekiston 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rmoqda" nomli maqola chop etilgani haqida xabar berilgandi.







