O'zbekiston

"I FLY Airlines" aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun vaqtincha taqiq qo‘ydi

Rossiya aviakompaniyasi yo‘q reysga bilet sotgan.

"I FLY Airlines" aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun vaqtincha taqiq qo‘ydi

 

Transport vazirligi axborot xizmati, yo‘lovchilarning huquqlari va tashuvchining majburiyatlariga rioya etishni taʼminlash maqsadida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan 2020 yilning oktyabr oyida aviakompaniyalarga O‘zbekiston aeroportlariga charter reyslarini amalga oshirish uchun vakolatli organ "O‘zaviatsiya" agentligidan tegishli ruxsatnoma olmasdan turib aviachiptalarni sotish amaliyotini tugatish to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan.

 

"I FLY Airlines" aviakompaniyasi ushbu ogohlantirishga qaramay tegishli ruxsatnomalarni olmasdan qo‘pol ravishda talablarni buzib 2021 yil noyabr oyida Moskva – Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch – Moskva, Navoiy – Moskva hamda Sankt-Peterburg – Navoiy – Sankt-Peterburg yo‘nalishlarida charter parvozlari uchun aviachiptalar sotuvini tashkil etgan. Natijada aviachiptada ko‘rsatilgan vaqtda yo‘lovchilar aerovokzallarga kelishgan va belgilangan yo‘nalishda parvozning bajarilmasligi yo‘lovchilar o‘rtasida ijtimoiy keskinlikka olib kelgan.

 

Shu munosabat bilan "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan «I FLY Airlines» aviakompaniyasiga sanksiya tariqasida O‘zbekistonga charter parvozlarini amalga oshirishni vaqtinchalik to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Aviakompaniyalar tomonidan bunday holatlar takrorlangan taqdirda "O‘zaviatsiya" agentligi parvozlarni amalga oshirish uchun berilgan ekspluatatsiya ruxsatnomalarni bekor qiladi.

 

Avvalroq, Navoiyda Rossiya aviakompaniyasi yo‘q reysga bilet sotgani  hamda Toshkent aeroportida 200 ga yaqin yo‘lovchi  Istanbulga ucha olmagani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Davlat xaridlarida raqobat talablari buzildi: 10 mlrd so‘mlik qonunbuzilishlar aniqlandi

Raqobat qo‘mitasi bir nechta viloyatdagi davlat tashkilotlarining xaridlarini o‘rganib, tender va tanlovlarda raqobatni cheklash alomatlarini aniqladi.

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

8 ta bank jarimaga tortildi: Markaziy bank qoidabuzarliklarni aniqladi

Markaziy bank prudensial me’yorlar va qonunchilik talablarini buzgan bankka nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan idoralar: ro‘yxat tasdiqlandi

Vazirlar Mahkamasi tarkibida 12 ta shtat birligidan iborat Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati ham tashkil etildi.

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

Odilxon Ismoilov ishi: u uch yillik sinov muddati bilan ozod qilindi

“Rayhon oilaviy milliy taomlari” ta’sischisi Odilxon Ismoilov ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilingan edi.

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

O‘zbekistonda o‘z mobil palliativ xizmatiga ega ilk bolalar xospisi tashkil etilmoqda

Loyiha doirasida bolalarga uyda tibbiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Botir Qudratxo‘jayev O‘zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlandi

Shuhrat Xolmuhammedov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mudofaa vaziri lavozimidan ozod etildi.

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston va Turkmaniston yetakchilari telefon orqali muloqot qildi

Suhbatda savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, transport-logistika aloqalarini mustahkamlash va oliy darajadagi bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

Termizdagi fojia: Cobalt’ni boshqargan 10-sinf o‘quvchisi sinfdoshining o‘limiga sabab bo‘ldi

16 yoshli o‘quvchi onasiga tegishli Cobalt’ni haydovchilik huquqisiz boshqarib, yoritish ustuniga urilgan.