Ota-onalar qishloqqa bo‘rilar bostirib kirishi sababli farzandlarini masofaviy taʼlimga o‘tkazishni so‘rashdi
Aholining aytishicha, hamma joyda bo‘rilar izi bor va uy atrofida yirtqichlar tinimsiz izg‘ib yurishadi.

Rossiyada Xanti-Mansiysk avtonom okrugida o‘rta maktab o‘quvchilarining ota-onalari qishloqqa bo‘rilar bostirib kirishi sababli farzandlarini masofaviy taʼlimga o‘tkazishni so‘rashdi. Bu haqda “Novosti Ugra” portali maʼlum qildi.
Fuqarolarga ko‘ra, ular bu masalada hokimiyatga murojaat qilishdi, ammo maʼmuriyat, bu muammoni hal qilmagan. Aholi ko‘chada yurishdan qo‘rqadi, ayniqsa tunda.
Malumotlarga ko‘ra, qishloqda o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida ham bo‘rilar paydo bo‘lgan. Yirqichlar itlarga hujum qilib ko‘plarini g‘ajib tashlagan.
Nasiba To‘xtayeva







