Jahon

Afg‘onistonda yangi urushdan hech kim manfaatdor emas — Pokiston tashqi ishlar vaziri

Islomobodda Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Afg‘onistonda yangi urushdan hech kim manfaatdor emas — Pokiston tashqi ishlar vaziri

 

“Tolibon” bilan hamkorlik mintaqaviy xavfsizlikni kuchaytiradi. Bu haqda Pokiston tashqi ishlar vaziri Shoh Mahmud Qurayshiy maʼlum qilgan.

 

Vazir bu haqda Islomobodda bo‘lib o‘tayotgan Afg‘oniston bo‘yicha “kengaytirilgan uchlik” (Rossiya, AQSH, Xitoy va Pokiston) yig‘ilishida aytib o‘tgan. Uning fikricha, “uchlik” bilan hamkorlik Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlaydi, iqtisodiy o‘sishga va terrorchilarning mamlakatdagi faoliyatining cheklanishiga olib keladi.

 

“Yangi urush hech kimga kerak emas”, – degan Qurayshiy.

 

Shuningdek, u Afg‘oniston iqtisodiy halokat yoqasida turganini taʼkidlagan. Buning eng katta sababi – xalqaro moliyaviy yordamning to‘xtab qolganligidir. Qurayshiyning so‘zlariga ko‘ra, eng avvalo sog‘liqni saqlash tizimiga yordam ko‘rsatish zarur.

 

“ ‘Tolibon‘ hamkorlikdan manfaatdor. Sababi u xalqaro miqyosda tan olinishga va yordamga muhtoj”, – deb qo‘shimcha qilgan vazir.

 

Avvalroq bir guruh afg‘on uchuvchilari AQSHga evakuatsiya qilingani hamda Afg‘onistonda Islomobod va Pokiston toliblari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Afg‘onistonda yangi urushdan hech kim manfaatdor emas — Pokiston tashqi ishlar vaziri | Zamon.uz