Hokimlar orasida yana bir so‘kong‘ich paydo bo‘ldi
Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Andijon shahar hokimi Bahrom Haydarovga tegishli audioyozuv tarqaldi.

Unda hokim fuqaroni kurakda turmaydigan, uyatsiz so‘zlar bilan haqorat qilgan.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Zamon.uz sayti hokimlik bilan bog‘landi. Ismini oshkor etishini istamagan xodim audioyozuvdagi ovoz haqiqatdan ham Bahrom Haydarovniki ekanini tasdiqladi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda shahar hokimligida aynan shu masala yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Sirdaryo viloyati “Xalq banki” AJ boshlig‘i Sobir Taniqulov tuman, shahar filial rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda haqoratli so‘zlar ishlatgan va xodimlariga tazyiq o‘tkazgani haqida xabar bergandik.







