Isroil Eron bilan ehtimoliy qurolli mojaroga tayyorlanmoqda
Tehron esa Eron yadro dasturi faqat tinch maqsadlarni ko‘zlaydi, deb taʼkidlamoqda.

Isroil Eronni haqiqiy tahdid deb biladi va agar kerak bo‘lsa, Tehronning yadro quroli yaratishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun harbiy kuch ishlatishi haqida ogohlantirgan. Bu haqda "Assosiated Press" yozdi.
"Isroil harbiylari operativ rejalari va Eronning ehtimoliy yadroviy harbiy tahdidga qarshi kurashishga tayyorligini tezlashtirmoqda. Eron uranni boyitgan. Va Isroilni yo‘q qilish bilan tahdid qilmoqda", — deydi Isroil armiyasi shtab boshlig‘i general-leytenant Aviv Koxavi.
Bungacha Eron yadroviy kallak yaratish arafasida turgandi. The Nyu-York Times gazetasining yozishicha, Eron hech qachon hozirgidek yadroviy qurol yaratishga yaqin bo‘lmagan.
Avvalroq Isroilda izolyatsiya qoidalarini buzganlar jinoiy jazoga tortilishi mumkinligi, AQSH Xitoyga Eron masalasida iltimos bilan chiqgani hamda Isroil G‘azo sektoriga havo hujumlarini boshlagani haqida xabar berilgandi.
Nasiba To‘xtayeva







