Jahon

Ozarbayjon va Armaniston TIV rahbarlari urushdan keyingi munosabatlar yaxshilanishi masalasini muhokama qildi

Diplomatlar uchrashuvi Parijda, YXHT vositachiligida tashkil etilgan.

Ozarbayjon va Armaniston TIV rahbarlari urushdan keyingi munosabatlar yaxshilanishi masalasini muhokama qildi

 

Parijda tashrif bilan bo‘lib turgan Ozarbayjon tashqi ishlar vaziri Jayxun Bayramov Armanistonlik hamkasbi Ararat Mirzoyan bilan uchrashdi. Bu haqda Ozarbayjon TIV matbuot xizmati maʼlum qildi.

 

Tomonlar Boku va Yerevan o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish masalasini muhokama qilgan. TIV maʼlumotlariga ko‘ra, uchrashuv YXHT Minsk guruhi — Rossiya, AQSH va Fransiya yordamida tashkil etilgan. Shuningdek, unda YEXHTning amaldagi raisi vakili Andjey Kaspshik ham ishtirok etgan.

 

"Tashqi ishlar vaziri Bayramov qarama-qarshi tarafga urushdan keyingi Ozarbayjon pozitsiyasi bo‘yicha tushuntirish berdi", — deyilgan Ozarbayjon TIV tarqatgan xabarda.

 

Maʼlumot o‘rnida: 2020 yil 27 sentyabrda Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida jangovar harakatlar kuchayib, urushga aylanib ketdi. 2020 yil 10 noyabrga kelib Boku, Yerevan va Moskva o‘rtasida uch tomonlama kelishuv imzolandi va harbiy harakatlar to‘xtatildi. Urush yakunida Ozarbayjon Qorabog‘ning katta qismida o‘z suverenitetini tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

 

Avvalroq Qorabog‘da xalqaro aeroport ochilgani to‘g‘risida xabar berilgandi https://zamon.uz/uz-to/detail/ozarbayjon-qorabogda-mustahkamlanmoqda-xalqaro-aeroport-ochildi-dunyo.

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Ozarbayjon va Armaniston TIV rahbarlari urushdan keyingi munosabatlar yaxshilanishi masalasini muhokama qildi | Zamon.uz