Joriy yilda mamlakatimizga eng ko‘p poyabzal import qilgan davlatlar 45 taga yetgan
O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-sentyabr oylarida 45 ta xorijiy davlatdan qiymati 9,9 million AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,7 million juft oyoq kiyimlarini import qilgan.

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, oyoq kiyimlari importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4,5 million AQSH dollariga yuqorilagan.
2021-yilning 9 oyi davomida O‘zbekistonga poyabzallarini eng ko‘p olib kirgan davlatlar qatorida Xitoy 4,4 million AQSH dollari pul qiymati bilan birinchi o‘rinni egallagan. Undan keyingi o‘rinda Turkiya (2,8 million dollar) va Vyetnam – (756,5 ming dollar) joy olgan.
Quyida O‘zbekistonga oyoq kiyimlarini eng ko‘p import davlatlar qatori keltirilgan:
🔸 Xitoy – 4,4 mln. AQSH dollari;
🔸 Turkiya – 2,8 mln. AQSH dollari;
🔸Vyetnam – 756,5 ming AQSH dollari;
🔸Rossiya – 397,5 ming AQSH dollari;
🔸Italiya – 331 ming AQSH dollari;
🔸Chexiya – 229,2 ming AQSH dollari;
🔸Indoneziya – 180,5 ming AQSH dollari;
🔸Hindiston – 114,1 ming AQSH dollari;
🔸Qirg‘iz R. – 99,5 ming AQSH dollari;
🔸Ispaniya – 77,7 ming AQSH dollari;
🔸Portugaliya – 60,9 ming AQSH dollari.
Avvalroq O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi tarkibi maʼlum qilingani hamda mamlakatimizda aholining necha foizi mehnatga layoqatli ekani haqida xabar berilgandi.
Olamgir Abdiyev







