Toshkentda MDH davlatlari bank rahbarlari yig‘iladi
Ushbu forum O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va MDH bank-moliya kengashi hamkorligida tashkil etilmoqda.

25-26 noyabr kunlari Toshkentda MDHga aʼzo davlatlarning Ikkinchi xalqaro bank-moliya forumi o‘tkaziladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar qildi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu forum O‘zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va MDH bank-moliya kengashi hamkorligida tashkil etilmoqda. Tadbirda milliy va tijorat bank hamda birja rahbarlari, bank birlashmalari va assotsiatsiyalari, moliya idoralari rahbarlari, shuningdek, Hamdo‘stlik davlatlari innovatsiya va investitsion kompaniyalar rahbarlari ishtirok etadi.
Forum kun tartibida MDHga aʼzo davlatlar moliya bozorlarini integratsion harakatlarining yangi formatlarini topishga qaratilgan masalalar muhokama qilinadi.
Avvalroq 12 noyabr kuni MDH bosh vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tishi haqida xabar qilingandi.
Jahongir Qo‘ziyev







