Vladimir Putin migratsiya inqirozini G‘arb davlatlari keltirib chiqargan deb hisoblamoqda
Bu haqda Korrespondent.net xabar qilmoqda.

"Muhojirlar bilan bog‘liq inqirozlar qayerdan kelib chiqqanini unutmang.G‘arb davlatlarining o‘zlari, jumladan, Yevropa davlatlari tomonidan harbiy va iqtisodiy sabablarga ko‘ra yaratilgan miammodir. Men hamma bilishini xohlayman, Rossiyaning bunga mutlaqo aloqasi yo‘q. Hamma har qanday sabab bilan va hech qanday sababsiz bizga har javobgarlikni yuklamoqchi.Aleksandr Lukashenko va kansler Merkel bir-birlari bilan gaplashishga tayyor. Umid qilamanki, bu yaqin kelajakda amalga oshadi. Bu eng muhimi, chunki muhojirlar asosan Germaniyaga borishga moyil", — dedi Putin.
Shuningdek, Kremel rahbari birinchi navbatda, Belarus va Polsha chegarasida turgan muhojirlarning farzandlariga achinishini aytdi. U birorta ham Rossiya aviakompaniyasi muhojirlarni Belarusga olib ketmasligiga ishontirdi. Migratsiya inqirozini Belarus va Yevroittifoq manfaatlaridan kelib chiqib hal qilishga chaqirdi.
Avval xabar qilganimizdek, 8-noyabr kuni Polsha-Belarus chegarasida vaziyat keskin yomonlashdi. OAV maʼlumotlariga ko‘ra, 10 noyabrga o‘tar kechasi bir necha o‘nlab muhojirlardan iborat ikki guruh chegarani kuch bilan buzib o‘tib, turli joylardan Polsha hududiga kirib borishga muvaffaq bo‘lgan.
Polsha, Litva va Latviya Iroq va Afg‘onistondan Belarus-Polsha chegarasini kesib o‘tishga urinayotgan muhojirlar soni keskin oshgani haqida xabar berdi. Varshava va Bryusselga ko‘ra, bu Minsk tomonidan Belarusga kiritilgan sanksiyalar tufayli uyushtirilgan gibrid urushning bir turi.
Nasiba To‘xtayeva







