O'zbekiston

Farg‘onadagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘i hozirgi ekotizimga moslashtiriladi

Bu bog‘ 70 gektar maydonni egallaydi.

Farg‘onadagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘i hozirgi ekotizimga moslashtiriladi

 

Farg‘ona shahrida barpo etilishi rejaga qo‘yilgan  Ekoshahar hududida “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga ko‘chat o‘tqazish ishlari boshlanadi.

 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Farg‘ona shahrida barpo etiladigan Ekoshahar hududida 70 gektar maydonda tashkil etilayotgan “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga ko‘chat o‘tqazishga tayyorgarlik jarayonlari bilan tanishdi.

 

Unda shahar ob-havosini moʻtadillashtirish, hududni suv bilan taʼminlash maqsadida Ekoshahar o‘rtasidan oqib o‘tishi rejalashtirilgan kanal qurilishi ishlari davom etmoqda. Bugunga qadar kanalning 2 kilometrga yaqin qismi yakunlandi.

 

“Yangi O‘zbekiston” bog‘i tarkibida kanalning ikki chetidan piyodalar yo‘lagi, veloyo‘laklar uchun loyihada ajratilayotgan masofa 4 metr bo‘lishi, bunda piyodalar uchun 2,5 metr, veloyo‘lak uchun 1,5 metr ajratilishi loyihaga kikritilgan. Shuningdek,  hokim kashtan, eman, lipa, lola va boshqa ko‘plab turdagi manzarali daraxtlar joylashuvini belgilashda ularning xususiyatini  hamda hisobga olish zarurligini taʼkidladi.

 

Bundan ko‘zlangan maqsad ekotizimni shakllantirish, landshaft meʼmorchiligi va dizayni elementlari bilan boyitilishdan iborat.

 

Joriy hafta yakuniga qadar “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga ko‘chat o‘tqazish ishlari boshlanishi belgilandi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  O‘zbekistonda ikkita milliy tabiat bog‘i tashkil etilishi va davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev "yangi Toshkentni bahavo joyda bunyod etamiz", - deya taʼkidlagandi. Shuningdek, So‘g‘diyona mahallasining Jaloir ko‘chasida, salkam 1 km masofada “brodvey” barpo qilinishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onadagi "Yangi O‘zbekiston" bog‘i hozirgi ekotizimga moslashtiriladi | Zamon.uz