Jahon

Fransiya bayrog‘i rangi o‘zgardi

Makron bu haqda 2020 yilda qaror imzolagan.

Fransiya bayrog‘i rangi o‘zgardi

 

Fransiya bayrog‘i rangi o‘zgardi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

 

Endilikda bayroqdagi och ko‘k rang to‘q ko‘kka o‘zgardi. Bu o‘zgarish bir yildan ortiq muddatda hech kimning eʼtiborini tortmagan, sababi bu haqda rasman xabar berilmagandi.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, bayroqda ko‘k rangning to‘qlashishi Fransiyaning 1793 yildagi bayrog‘ini eslatadi. Shuningdek, rang o‘zgarishi estetik nuqtayi nazardan ham amalga oshirilgan. Xususan, Fransiya va Yevropa Ittifoqi bayroqlari ko‘pincha yonma-yon turganda bir xil rangda tovlanayotgan edi.

 

Emmanuel Makron bayroqdagi ushbu o‘zgarishlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi qarorni 2020 yil 13 iyul kuni imzolagan. Bu tashabbus Yelisey saroyi operatsion direktori Arno Jolens tomonidan ilgari surilgan.

 

Avvalroq Fransiya sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi qamoqqa hukm qilingani to‘g‘risida xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.