Jahon

Markaziy Osiyo davlatlaridan birida yangi biologik laboratoriya quriladi

Unda o‘ta xavfli viruslar o‘rganiladi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan birida yangi biologik laboratoriya quriladi

 

Qozog‘istonda yangi biologik laboratoriya quriladi. Bu haqda "Sputnik Kazaxstan" xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, Jambul viloyati, Korday tumanida xavfli va o‘ta xavfli viruslar shtammlari saqlanishi uchun yuqori darajadagi biologik xavfsizlikka ega yerosti ombori va biologik laboratoriya barpo etiladi. Uning qurilishi tugallanishi muddati 2025 yilning 4 choragi etib belgilandi.

 

Hozirda Olma-Ota shahrida Markaziy referens-laboratoriya va o‘ta xavfli infeksion kasalliklar saqlanadigan ombor mavjud. Bu biolaboratoriya Pentagon mablag‘lari hisobiga qurilgan. Unga biologik xavfning uchinchi darajasi berilgan. Yangi quriladigan biolaboratoriya esa BSL-4 (Biosafety Level 4) darajasiga ega bo‘lib, unda o‘ta xavfli viruslar o‘rganiladi.

 

Qozog‘iston jamiyatida bu laboratoriyalar biologik qurol ishlab chiqaradi, degan taxminlar mavjud. Xususan, respublikaning sobiq mudofaa vaziri Amirbek Togusov bu haqda aytib o‘tgandi.

 

Avvalroq JSST koronavirus pandemiyasi qachon tugashini maʼlum qilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Markaziy Osiyo davlatlaridan birida yangi biologik laboratoriya quriladi | Zamon.uz