Jahon

Men dunyoni yaxshiroq bilaman — Erdo‘g‘an

Turkiya prezidenti o‘zini dunyoning eng tajribali siyosatchisi ekanini maʼlum qildi.

Men dunyoni yaxshiroq bilaman — Erdo‘g‘an

 

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘zini dunyoning boshqa yetakchilaridan ko‘ra tajribaliroq ekanini aytdi. Bu haqda prezident Chanoqqalʼa viloyatida yoshlar  bilan uchrashuv paytida maʼlum qilgan.

 

“Men dunyoni bilaman. Hozirgi dunyo yetakchilari orasida – men eng tajribalisiman. Men buni maqtanish uchun emas, balki boshqa yetakchilar orasida o‘z o‘rnimni belgilash uchun aytyapman. Xalqimizning mening kim ekanimni bilishi muhim”, – degan Erdo‘g‘an.

 

Maʼlumot o‘rnida: Erdo‘g‘an 2003-2014 yillarda Turkiya bosh vaziri bo‘lgan. 2014 yilda u prezident etib saylandi. Turkiya 2018 yilda prezidentlik respublikasi boshqaruvi shakliga o‘tgach, u qayta prezidentlikka saylandi.

 

Avvalroq Erdo‘g‘an Gretsiyani migrantlar masalasida ayblab chiqqandi https://zamon.uz/uz-to/detail/erdogan-gretsiyaga-jiddiy-ayblov-qoydi-dunyo. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan uchrashgani https://zamon.uz/uz-to/detail/ozbekiston-prezidenti-shavkat-mirziyoyev-turkiya-prezidenti-rejep-tayyip-erdogan-bilan-uchrashdi-ozbekiston haqida xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Men dunyoni yaxshiroq bilaman — Erdo‘g‘an | Zamon.uz