O‘zbekistondagi sabzavotlarning 70 %dan ortig‘i dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan
Кam hajm 145,9 ming tonna (1,9%) qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda kuzatildi.

Joriy davrda o‘tgan yilning mos davriga nisbatan fermer xo‘jaliklarida 7,1 %, dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida 1,5 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda esa 30,5 % o‘sish kuzatildi.
Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021- yilning yanvar—sentyabr oylarida 7 803,8 ming tonna sabzavotlar yetishtirilgan. Ushbu ko‘rsatkich 2020 yilning mos davriga nisbatan 103,3 %ni tashkil qildi.
Sabzavot yetishtirishning yuqori hajmlari 5 693,3 ming tonna yoki umumiy ishlab chiqarish hajmidan 72,9% i dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarida qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston yanvar—sentyabr oylarida xorijga qancha miqdorda meva va sabzavot eksport qilgani maʼlum bo‘lgandi.
Avvalroq alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlari minimal-maksimal narxi eʼlon qilingani, pomidorning ajabtovur foydali xususiyatlari hamda olimlar uzoq umr ko‘rishda qanday taomlanish zarurligi sirini ochgandi.







