Rossiyaning Kurgan viloyatidagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari 2 yoshli bolani “ermak uchun” urishdi
Videotasvirda bolaning yuziga tamaki puflangani aks etgan.

Kurgan viloyati Tergov qo‘mitasi "Kipel" qishlog‘idagi mehribonlik uyida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari aks etgan video paydo bo‘lishi yuzasidan tekshiruv boshladi.
Bu haqda news.ru xabar qildi.
Voqeа 3 yigit ishtirokida sodir bo‘lgan. Ulardan biri 16 yoshli Artyom Chmixalo 2015 yildan beri mehribonlik uyida yoshlarga turli tan jarohatlar yetkazgani uchun maxsus ro‘yxatda turadi. Telefonga ham videotasvirni aynan u olgan.
Videotasvirdan so‘ng yigitlarga nisbatan darhol chora ko‘rildi. Ular voyaga yetmaganlarni vaqtincha saqlash koloniyasiga yuborildi. Hozirda prokuratura ham holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazmoqda.
Munojat Valiyeva







