Jahon

Shimoliy Koreya Xitoy bilan chegarada temiryo‘l stansiyasi qurmoqda — FT

KXDR Pekin bilan savdoni tiklashi mumkin.

Shimoliy Koreya Xitoy bilan chegarada temiryo‘l stansiyasi qurmoqda — FT

 

KXDR chegara yaqinida joylashgan aviabazani temiryo‘l konteynerlari qabul qiladigan obyektga aylantirmoqda. Bu haqda Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) maʼlumotlariga tayanib, Financial Times nashri xabar berdi.

 

Shimoliy Koreya koronavirus infeksiyasi tarqalishni boshlangach, barcha chegaralarni va dengiz portlarini yopib qo‘ygan. Mamlakat hatto gumanitar yordam qabul qilishni to‘xtatgan.

 

"Shimoliy Koreya chegaradagi aviabazani konteynerlarni dezinfeksiya qiluvchi obyektga aylantirmoqda. Tahlilchilarning fikricha, bu Xitoy bilan savdoning tiklanishiga olib keladi. Bu esa, AQSHning iqtisodiy bosim orqali Pxenyanni yadro muzokaralari stoliga qaytarish haqidagi umidlarini puchga chiqaradi", — deyiladi xabarda.

 

CSIS qo‘lida bo‘lgan sunʼiy yo‘ldosh tasvirlari orqali Xitoy bilan chegara yaqinida joylashgan Iydju hududida qurilish ketayotganganini ko‘rish mumkin. Qayd etilishicha, mart oyida KXDRda import tovarlarini dezinfeksiya qilish to‘g‘risida qonun qabul qilganidan keyin ushbu obyektlar qurilishi boshlangan.

 

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) vakili Viktor Chaning fikricha, Pxenyan o‘z hududiga koronavirus kirib kelishidan qo‘rqadi. Ammo yuqoridagi obyektning qurilishi KXDR ning maʼlum darajada bo‘lsa-da, savdoning tiklanishini istagida ekanini ko‘rsatadi, sababi "ular ortiq yopiq bo‘lib qola olmaydi".

 

Avvalroq Shimoliy Koreya qora oqqush go‘shti yordamida ochlikka qarshi kurashmoqchi ekanligi hamda Kim Chen In 20 kilogrammga ozganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Isaias dovuli AQShga yetib keldi: ayrim shtatlarda favqulodda holat e'lon qilindi

Qirg‘oqbo‘yi hududlaridan aholi ko‘chirilmoqda, dengizdagi neft va gaz qazib olish faoliyati qisqartirildi.

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

“Bunga erishamiz va bu tezda amalga oshadi”: Tramp Ukraina va Eron haqida

AQSH prezidenti Rossiya-Ukraina mojarosini hal qilish jarayoni tezlashganini ma’lum qildi.

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

“Hammasini berishadi yoki yo‘q bo‘lib ketishadi” — Tramp

AQSh prezidenti Eron Amerika talablarini qabul qilmasa, mamlakat yo‘q qilinishi mumkinligini aytdi.

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Davlat to‘ntarishiga urinish ayblovi: sobiq prezidentning o‘g‘li 4 yilga qamaldi

Sultanbekovning avvalgi sudlanganligi bo‘yicha o‘talmagan jazo qismi ham hisobga olinib, yakuniy jazo muddati 7 yil etib belgilandi.

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

15 yoshgacha — taqiq, 18 yoshgacha — cheklov: Turkiya ijtimoiy tarmoqlar uchun yangi qoidalarni joriy etadi

Yoshi 15 dan kichik ekani aniqlangan foydalanuvchilarning akkauntlari yopiladi.

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Panamada 7,7 magnitudali zilzila: sunami xavfi haqida ogohlantirish berildi

Xavfsizlik sababli metro liniyalarining ikkitasida harakat vaqtincha to‘xtatilgan.

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

Toshkentda xalqaro kontent bozori tashkil etiladi: tadbir 2027-yil fevralda o‘tkaziladi

“Tashkent Content Market” 50 dan ortiq davlatdan 3 ming nafardan ziyod ishtirokchini jamlashi kutilmoqda.

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Bishkekda qabristondan joyni oldindan band qilish boshlandi: 10 yillik xizmat narxi belgilandi

Qirg‘iziston poytaxtida vafot etgan turmush o‘rtog‘i yonidan qabriston uchun joyni oldindan band qilish mumkin.