AQSHdagi maktabda otishma bo'ldi
14 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan barcha yarador bolalar kasalxonga yotqizilgan.

Ularning ahvoli haqida hozircha maʼlumotlar yo‘q.
Amerikaning Kolorado shtati Aurora shahrida taʼlim muassasasida otishma sodir bo‘ldi. Besh nafar o‘smir va bir nafar 18 yoshli bola jarohatlangan. Bu haqda mahalliy politsiyaga asoslanib korrespondent.net maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, voqea shahardagi Markaziy o‘rta maktab yonidagi bog‘da yuz bergan. Otishmani sodir etgan shaxs jinoyat joyidan qochib ketgan.
Shu bilan birga huquq-tartibot idoralari xodimlari maktabn xavfsizlik yuzasidan o‘rab olishgan, atrofga postlar o‘rnatildi.
Avvalroq Liverpulda shifoxona yaqinida avtomobil portlab ketgani haqida xabar qilgandi.
Nasiba To‘xtayeva







