O'zbekiston

Oliy Majlis Senati favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi

Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Oliy Majlis Senati favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi

 

Videokonferensiyada o‘tkaziladigan yalpi majlisda senatorlar «Favqulodda holat to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, «Gidrometeorologiya faoliyati to‘g‘risida»gi qonuni ham o‘sha kuni muhokama markazida bo‘ladi. Bu haqda Senat Axborot xizmati xabar berdi. 

 

Bundan tashqari, yalpi majlisda intellektual mulk, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, fuqarolik, og‘ir ijtimoiy ahvolda qolgan xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini taʼminlash to‘g‘risidagi masalalari ham shu kunning mavzusi bo‘ladi. Qo‘shimcha tarzda, o‘simliklar karantini va himoyasi kabi sohalarda qonunchilikka qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish takliflari ham muhokama qilinadi.

 

Shu bilan birga, «Transport va moliya sohalaridagi ayrim huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun maʼmuriy jazolar liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi qonun hujjatlari ham ko‘rib chiqilishi rejalashtirilmoqda.

 

Yalpi majlisda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy markazi direktorining inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarining bajarilish holati haqidagi axborotini eshitish ham o‘rin olgan.

 

Bundan tashqari, Senatorlar aholini ichimlik suvi bilan taʼminlashdagi muammolar yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalarini ko‘rib chiqadi.

 

Eslatma. 18 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlisi Senatining yigirma birinchi yalpi majlisida homilador va reproduktiv yoshdagi ayollar hamda go‘daklarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam holati hamda yengil sanoat va charm sanoati korxonalarida xotin-qizlarning mehnat munosabatlari bilan bog‘liq masalalarda ish beruvchilarning masʼuliyatini oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovlari yuborish masalalari muhokama etiladi.

 

Shuningdek, fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2020 yil va 2021 yilning o‘tgan davridagi faoliyati yuzasidan hisobotini ham eshitish rejalashtirilgan.

 

Olamgir Abdiyev

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Oliy Majlis Senati favqulodda holat to‘g‘risidagi qonun va boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqadi | Zamon.uz