O‘zbekistonda umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkaziladi
Imtihonda ishtirok etish ixtiyoriy. Bepul va barcha uchun ochiq.


Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, imtihonda 15 yoshga to‘lgan va undan katta barcha fuqarolar qatnashishi mumkin.
Qayd etiliishicha, imtihon ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich 1-dekabr kuni soat 09:00 dan 13:00 gacha onlayn tarzda o‘tkaziladi. Ishtirokchilarga 20 ta test savoli va 1 ta ijodiy savol beriladi. Ikkinchi bosqich Konstitutsiya kuni arafasida tashkil etilib, onlayn translyatsiya qilinadi. Bunda har bir ishtirokchiga 10 tadan savol beriladi. Yakunda eng yuqori natijani qayd etgan 3 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
-
1-o‘rin – 15 mln. so‘m;
-
2-o‘rin – 10 mln. so‘m;
-
3-o‘rin – 5 mln. so‘m.
Maʼlumot uchun: dazirlik Konstitutsiyaviy sud bilan hamkorlikda fuqarolarning Konstitutsiya haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida umummilliy Konstitutsiya imtihoni o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, buning uchun har bir ishtirokchi 8-dekabr.adliya.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Ro‘yxatdan o‘tish 15-noyabrdan 30-noyabrga (shu kuni ham) qadar davom etadi.
Avvalroq Prezident topshirig‘iga asosan ilk marotaba O‘zbekiston Milliy atlasi yaratilgani haqida xabar berilgandi.







