Samarqand aeroporti 15-dekabrgacha yopiq bo‘ladi
Barcha aviareyslar respublikaning boshqa xalqaro aeroportlariga – Navoiy, Buxoro, Qarshi aerportlariga yo‘naltiriladi.

Samarqand xalqaro aeroportida yangi aerodrom kompleksi va yangi aeronavigatsiya uskunalarini foydalanishga tayyorlash bilan bog‘liq ishlar davom ettirilmoqda. Shu munosabat bilan aeroportning yopilishi joriy yilning 15 dekabriga qadar uzaytiriladi.
Eslatib o‘tamiz, Samarqandda 2022 yilda bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitiga tayyorgarlik doirasida yangi aerodrom kompleksi qurilishi davom etmoqda.
Avvalroq "I FLY Airlines" aviakompaniyasi O‘zbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun vaqtincha taqqiqi qo‘ygandi. Shuningdek, Navoiyda Rossiya aviakompaniyasi yo‘q reysga bilet sotgani hamda Toshkent aeroportida 200 ga yaqin yo‘lovchi Istanbulga ucha olmagani haqida xabar berilgandi.







