O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh direktori Odri Azulega maktub yo‘lladi

Davlatimiz rahbari Odri Azulega uning YUNESKO Bosh direktori lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan samimiy tabriklari va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev YUNESKO Bosh direktori Odri Azulega maktub yo‘lladi

 

"Nomzodingiz keng qo‘llab-quvvatlangani tinchlikni taʼminlash va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish borasidagi faol saʼy-harakatlaringiz va Tashkilotingiz qo‘shayotgan katta hissaning navbatdagi tasdig‘i bo‘ldi.

Sizning ushbu lavozimdagi muvaffaqiyatli va natijador faoliyatingiz, Siz tomondan ilgari surilayotgan muhim tashabbuslar va gumanitar loyihalar pandemiya davrida YUNESKOning muvofiqlashtiruvchi sifatidagi o‘rni mustahkamlanishi va xalqaro nufuzi yuksalishiga xizmat qildi", deyiladi, jumladan, maktubda.

 

Mamlakatimiz yetakchisi O‘zbekiston va YUNESKO o‘rtasidagi yaqin va ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga YUNESKO Bosh direktori tomonidan alohida eʼtibor qaratilayotganini yuksak qadrlashini taʼkidladi.

 

"Ochiq va sermahsul uchrashuvlarimiz sherikligimizning salohiyatini ro‘yobga chiqarish va keng qamrovli mamlakat dasturini amalga oshirishga kirishishga imkon bergani haqidagi fikringizga to‘liq qo‘shilaman.

Sizning ko‘magingiz bilan "Xiva jarayoni" - Tashkilot faoliyatining butun kun tartibi bo‘yicha Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlikning yangi platformasi ishga tushirildi. Ushbu tashabbus mintaqamizda YUNESKO bilan amaliy hamkorlikning kengayishi va muhim vazifalarning ilgari surilishiga xizmat qilishi shubhasiz", deyiladi maktubda.

 

Maktub yakunida davlatimiz rahbari uning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga qayta saylangani munosabati bilan yo‘llangan tabrik va iliq tilaklar uchun Odri Azulega minnatdorlik bildirib, unga mustahkam sog‘lik va olijanob faoliyatiga katta muvaffaqiyatlar tiladi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.