O'zbekiston

Ota-onalar uchun maxsus mobil ilova ishga tushirildi

Mazkur ilova yosh bolali oilalarning salohiyatini oshirishni maqsad qilgan.

Ota-onalar uchun maxsus mobil ilova ishga tushirildi

 

Maʼlum qilinishicha, “UNICEF” O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash va Maktabgacha taʼlim vazirliklari bilan hamkorlikda 0 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ota-onalari va boshqa g‘amxo‘rlik qiluvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ota-onalar uchun “Bebbo” nomli o‘zining birinchi mobil ilovasining taqdim etdi.

 

Bepul ilovada ota-onalar bolaning sog‘lig‘i va rivojlanishi bo‘yicha ovqatlanish, ko‘krak suti bilan boqishdan boshlab erta yoshdan taʼlim hamda  o‘yinning ahamiyati, sezgir ota-onalik, himoya va xavfsizlik kabi mavzu va muammolar bo‘yicha mutaxassislar maslahati bilan taʼminlaydi.

 

Ilova 4 ta qismdan iborat. Ota-onalar rejalashtirilgan emlanishlar, o‘tkazilgan tibbiy ko‘riklar va bolalar salomatligini tekshirish, rivojlanishning boshqa muhim bosqichlarini qayd etish imkonini beruvchi funksiyalarni o‘z ichiga oladi. 

 

Sog‘liqni saqlash vaziri Behzod Musayev bu ilova haqida quyidagi fikrlarni keltirib o‘tdi:

 

"COVID-19 pandemiyasi davrida ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchilar bilan aloqa uzilib qolganida, ota-onalarni o‘z vaqtida sifatli ko‘rsatmalar bilan qo‘llab-quvvatlash ehtiyoji paydo bo‘ladi. Farzandlarining taʼlim olishi, sog‘lig‘i va farovonligi borasida tez qaror qabul qilib, qo‘shimcha masʼuliyatni o‘z zimmalariga olgan holda birinchi bo‘lib javob harakatlarini amalga oshirish ota-onalar zimmasiga yuklanadi”.

 

Bundan tashqari, eng himoyaga muhtoj va chekka hududlarda yashovchi bolalarning ota-onalarini  qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi milliy dasturlarni tatbiq etish orqali butun Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘ylab “UNICEF” milliy hukumatlar bilan yaqindan hamkorlik qilishda davom etishni o‘z rejasiga qo‘ygan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  talabalar kontrakt pulini QR-kodli to‘lov-shartnomalari orqali to‘lashi mumkinligi, “Saylov-2021” mobil ilovasi yaratilgani hamda mobil ilovada elektron xizmatlar soni 100 taga yetkazilagani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ota-onalar uchun maxsus mobil ilova ishga tushirildi | Zamon.uz