Sankt-Peterburgda o‘quvchi qizni zo‘rlagan o‘zbekistonlik fuqaro qo'lga olindi
U 21 yoshli O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilmoqda.

Aniqlanishicha, yigit Sankt-Peterburgdagi Piskarevskiy bog‘ida 13 yoshli qizga hujum qilgan.
Shundag so‘ng, jabrlanuvchining onasi 2007 yilda tug‘ilgan qizini kechki payt parkda sayr qilayotganida nomaʼlum shaxs zo‘rlagani haqida ariza bilan politsiyaga murojaat qilgan. Jabrlanuvchi esa 10 noyabr kuni hujumga uchragan 13 yoshli qiz edi.
Taxminan bir kundan so‘ng jinoyatda gumonlanib, migratsiya organlarida ro‘yxatdan o‘tmagan 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan 132-modda Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 132-moddasi (“O‘n to‘rt yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari”), yaʼni “Jinsiy xarakterdagi zo‘ravonlik harakatlari” bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada 33 yoshli ayolni bo‘g‘ib o‘ldirgan o‘zbekistonlik erkak qo‘lga olingani hamda Rossiyada xaridor sotuvchini o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







