O'zbekiston

O‘rta va uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish loyihasiga AQSHning “BCG” konsalting kompaniyasi jalb etildi

“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatini transformatsiya qilish loyihasi doirasida birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) ga tayyorgarlik qizg‘in davom etmoqda.

O‘rta va uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish loyihasiga AQSHning “BCG” konsalting kompaniyasi jalb etildi

 

 

Shu bilan birga, bugungi kunda kompaniya turli biznes segmentlarida bir qator chaqiriqlarga duch kelmoqda:

 

Respublikada neft mahsulotlariga talabning ortib borishi;

 

ESG kun tartibidan kelib chiqqan holda yuzaga keladigan chaqiriqlar;

 

 Gaz sanoati sohasida eʼlon qilingan islohotlar va boshqalar.

 

Transformatsiya salohiyatini to‘liq yuzaga chiqarish va amalga oshirish uchun “BCG” konsalting kompaniyasi bilan birgalikda “O‘zbekneftgaz” AJ o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish” loyihasiga start berilgan.

 

2021-yil 17noyabr kuni konsalting kompaniyasi vakillari bilan Loyiha doirasida dastlabki uchrashuv (kick-off meeting) o‘tkazildi.

 

Uchrashuv davomida kompaniya biznes jarayonlari haqidagi maʼlumotlar taqdim etildi, BCGning asosiy segmentlar bo‘yicha dastlabki kuzatishlari va xulosalari taqdim etildi, shuningdek, kompaniyaning o‘sish va rivojlanish uchun potensial imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

 

Muhokamalar davomida Loyihaning mazmuni va maqsadlari, umumiy reja va ish hajmi, “O‘zbekneftgaz” AJ va BCG tomonidan Loyiha jamoasi kelishib olindi.

 

Loyihaning asosiy maqsadi qazib olish va geologiya qidiruv, neftni qayta ishlash va gaz kimyosi, marketing va sotish sohalarida o‘rta muddatli va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish bo‘lib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

 

• “O‘zbekneftgaz” AJ strategiyasini tarmoqdagi o‘zgarishlarga moslashtirish (shu jumladan, gaz sanoati modeli, ESG, tartibga solish va boshqa yo‘nalishlardagi o‘zgarishlar);

 

• Strategiyani amalga oshirish natijalari va kompaniyaning rivojlanish dinamikasini kuzatish imkoniyati;

 

• Uzoq muddatda raqobatbardoshlikni taʼminlay oladigan samarali operatsion modelni yaratish;

 

• Kompaniyaning moliyaviy va operatsion samaradorligini oshirish;

 

• Investitsiya dasturlari samaradorligini baholash va o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlash;

 

Loyihaning birinchi bosqichida segmentlar bo‘yicha faoliyatni diagnostika qilish, har bir segmentni o‘rta va uzoq muddatli rivojlantirish strategiyasini aniqlashtirish, shuningdek, rivojlanish strategiyasi loyihasini rasmiylashtirish va kelishish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

 

 

Keyingi bosqichlarda operatsion modelning maqsadlari shakllantiriladi, portfeldagi loyihalarni amalga oshirish va asosiy parametrlarini optimallashtirish strategiyasi aniqlanadi, barqaror rivojlanish siyosati ishlab chiqiladi.

 

Loyiha, umuman olganda, kompaniyaning tashkiliy modeli va investitsion samaradorligini oshirish dasturini shakllantirishga, moliyaviy va operatsion ko‘rsatkichlarini yana-da yaxshilashga hamda yangi chaqiriqlarga yechimlar taklif qilishga qaratilgan.

 

Uchrashuv natijasida, tomonlar kelgusidagi harakatlarni kelishib olishdi, turli yo‘nalishlar (kon va geologiya-qidiruv, neftni qayta ishlash va gaz kimyosi) bo‘yicha masʼul mansabdor shaxslar belgilandi, shuningdek, samarali o‘zaro hamkorlik va loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish maqsadida BCG jamoasini Transformatsiya departamenti ofisida joylashtirish yuzasidan qaror qabul qilindi.

 

“O‘zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘rta va uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqish loyihasiga AQSHning “BCG” konsalting kompaniyasi jalb etildi | Zamon.uz