Jahon

Yevroittifoq muhojirlarga 3,5 million yevro ajratdi

Mablag‘ Polsha-Belorus chegarasidan uyiga qaytishni istaganlarga beriladi.

Yevroittifoq muhojirlarga 3,5 million yevro ajratdi

 

Yevropa Ittifoqi Belarusdan o‘z vataniga qaytishni xohlovchi muhojirlarga yordam berish uchun 3,5 million yevroga yaqin mablag‘ ajratishga kelishib oldi. Bu haqda Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen Yevroparlament deputatlari oldida so‘zlagan nutqida maʼlum qildi.

 

"Borgan sari ko‘proq muhojirlar tuzoqqa tushib qolgan va biz ularning vataniga qaytishini osonlashtirish uchun BMT agentliklari bilan ishlaymiz. Belarusdan ixtiyoriy qaytishni qo‘llab-quvvatlash uchun 3,5 million yevrogacha mablag‘ ajratamiz", - dedi u.

 

Bundan tashqari, Yevropa Komissiyasi rahbarining qo‘shimcha qilishicha, Litva, Latviya va Polshaga 2021 va 2022 yillar uchun chegaralarni mustahkamlash uchun ajratilgan mablag‘lar uch barobarga oshiriladi.

 

Eslatib o‘tamiz, Yevropa Ittifoqida odamlarni noqonuniy olib o‘tishga ko‘maklashuvchi yoki shug‘ullanuvchi transport operatorlariga nisbatan sanksiyalar qo‘llash taklif qilingan. Avvalroq Turkiya Yaman, Iroq va Suriya fuqarolariga Belorusga chipta sotishni taqiqlagandi.

 

Nasiba To‘xtayeva

custom img

Quyosh faolligi kuchaymoqda: Yerda magnit bo‘roni kuzatilishi mumkin

Britaniya geologiya xizmati 2-oktyabr kuni G1 darajasidagi kuchsiz magnit bo‘roni kuzatilishi mumkinligini ma’lum qildi.

custom img

AQSh Iroqdagi 12 yillik operatsiyani tugatdi: koalitsiya kuchlari Erbildan olib chiqildi

Xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha asosiy mas’uliyat esa Iroq tomoniga o‘tdi.

custom img

Uchuvchi pichoqlangan Flydubai reysi: Isroil xavfsizlik tekshiruvlarini kuchaytiradi

Benyamin Netanyahu hodisani to‘xtatishda yordam bergan yo‘lovchilar va jarohatlangan uchuvchi Smit Machchharni olqishlagan, biroq voqeaning sababi hozircha aniqlanmagan.

custom img

Isroilliklar Al-Aqso masjidiga bostirib kirdi: bir kunda ularning soni 1317 nafarga yetdi

Isroilliklar diniy marosimlar o‘tkazgan, ibodat qilgan, qo‘shiq kuylagan va raqsga tushgan.

custom img

“Mojaroni muzlatish kerak”: Toqayev Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha taklif bildirdi

Qozog‘iston prezidenti Ukrainadagi harbiy harakatlarni muzlatib, shundan so‘ng diplomatik muzokaralarga o‘tish kerakligini aytdi.

custom img

Bill Geyts AI haqidagi xavotirlarini o‘zgartirdi — Tramp

AQSh prezidenti Microsoft asoschisi Bill Geyts sun’iy intellektning insoniyat uchun xavfi haqidagi avvalgi xavotirlarini o‘zgartirganini aytdi.

custom img

O‘quv parvozidagi fojia: harbiy samolyot quladi

Hodisa oqibatida 6 ekipaj a’zosi halok bo‘ldi, yana bir harbiy jarohatlandi.

custom img

AQSh-Eron muzokaralari boshi berk ko‘chaga kirdi — Axios

Qatar vositachilari ikki tomon o‘rtasida kelishuvga erishishga urinmoqda, biroq hozircha natija yo‘q.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"