"Bir soatlik podsho"
Shvetsiyada yangi tayinlangan bosh vazir bir necha soatdan keyin isteʼfo berdi.

Shvetsiya tarixida ilk bor ayol bosh vazir Magdalena Andersson lavozimga kirishganidan bir necha soat o‘tib isteʼfo so‘radi. Bu haqda "TASS" xabar berdi.
"Men legitimligiga shubha bilan qaraladigan hukumatni boshqarishni istamayman", — degan Andersson.
U Shvetsiya parlamenti spikeri Andreas Norlenga sotsial-demokratlardan iborat bir partiyali vazirlar mahkamasini boshqarish niyatida ekanini maʼlum qilgan. Isteʼfoga Atrof-muhitni asrash partiyasining koalitsion hukumat tarkibidan chiqmoqchi ekanligi sabab bo‘lgan. Bu partiya hukumatda kamchilikni tashkil etgan.
“Reuters” agentligi Anderssonning ushbu lavozimni qayta egallashga katta imkoniyati mavjudligini qayd etgan.
Avvalroq Shvetsiyada koronavirus bo‘yicha yirik tadqiqot o‘tkazilgani xabar qilingandi.







