O'zbekiston

So‘nggi 10 oyda gaz balloni o‘rnatilgan avtomobillarning 17 tasi yonib ketgan

Gaz ballonlari o‘rnatilgan avtotransportdan egalari xavfsiz foydalanish qoidalari to‘g‘risida tushunchaga ega emas.

So‘nggi 10 oyda gaz balloni o‘rnatilgan avtomobillarning 17 tasi yonib ketgan

 

Statistik maʼlumotlarga ko‘ra 2020-yil va joriy yilning 10 oyi davomida respublika bo‘yicha gaz ballonlari o‘rnatilgan transport vositalarida 17 ta portlash holati sodir bo‘lgan. Shularning biri Farg‘ona viloyatining Quva tumanida bo'lgan.

 

Mutaxasislarning aytishicha, aksariyat hollarda gaz ballonlarni belgilangan tartibda texnik sinovdan o‘tkazmaslik, jismonan va maʼnan eskirgan gaz ballonlaridan foydalanish hamda avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarida shu kabi gaz ballonlariga hamda meʼyordan ortiq bosimda gaz to‘ldirish sabab bo‘lmoqda.

 

Farg‘onada Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida gaz ballonlari o‘rnatilgan avtotransportdan egalari xavfsiz foydalanish qoidalari to‘g‘risida tushunchaga ega emasliklari, bundan tashqari, gaz ballonlarini avtomobillarga o‘rnatish va tegishli uskunalarni sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan taʼsirchan nazoratning o‘rnatilmagani ham noxush holatlarni yuzaga keltirmoqdaligi maʼlum qilindi.

 

Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxanovning maʼlumotlariga ko‘ra, bugungi kunda Farg‘ona viloyatida jismoniy shaxslarga tegishli 341 ming 820 ta avtotransport vositasining 249 ming 664 tasi, yaʼni 73 foizi va 31 ming 814 ta yuk tashish uchun mo‘ljallangan transport vositalarining 29 ming 214 tasi, yaʼni 91,7 foizi gaz ballonlari bilan jihozlangan.

 

Bu kabi holatlarni oldini olish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi. Mutasaddilarga ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

 

Avvalroq Qashqadaryoda “Lacetti”ning gaz balloni portlagani, Qashqadaryoda yurib ketayotgan "Nexia" yonib ketgani hamda Navoiyda gaz quyish shoxobchasi portlab ketgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

So‘nggi 10 oyda gaz balloni o‘rnatilgan avtomobillarning 17 tasi yonib ketgan | Zamon.uz