Talabalarni qo‘llab-quvvatlagan hokimliklar reytingi eʼlon qilindi
Ushbu tashabbus “Talabaga madad” loyihasi doirasida amalga oshirildi.

Iqtisodiy taraflama muammolarga duch kelayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, ota-onasida nogironligi bo‘lgan, mehribonlik uylari bitiruvchisi bo‘lgan, yosh oila bo‘lgan, “ijtimoiy himoya” yagona reestriga kiritilgan oila farzandlari kabi toifalarga mansub talaba-yoshlarga yordam qo‘lini uzatish uchun ularni to‘lov-kontraktini to‘lab ber maqsadida Yoshlar ishlari agentligi viloyat hokimliklari bilan hamkorlikda “Talabaga madad” loyihasini eʼlon qildi.
Loyihaga ko‘ra, endilikda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan, oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat bosqichi kunduzgi, sirtqi, kechki va maxsus-sirtqi taʼlim shaklida hamda magistratura bosqichida tahsil oladigan talaba-yoshlarning to‘lov-kontrakti miqdorining 50 foizgacha miqdori to‘lab beriladi.
Mazkur loyiha orqali ayni damda bir qancha viloyat xokimliklari yosh talabalarga yordam qo‘lini uzatmoqda. Bu borada talaba-yoshlarning kontraktini to‘lab, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha eng faol hokimliklar reytingi ham shakllantirilib eʼlon qilindi.
Talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan mazkur tizimni tushunib, yoshlar bilan ishlashga harakat qilib, ularning muammolarini tinglagani, talabalarga ilm olishida ko‘mak bergani uchun ushbu hokimliklarga loyiha tashkilotchilari tomonidan minnatdorchilik bildirildi.
Avvalroq tavsiyanoma asosida 2 ming 30 nafar xotin-qiz davlat granti asosida talabalikka qabul qilingani hamda to‘lov-kontrakt asosida o‘qish uchun taʼlim kreditlarini ajratish tartibi belgilangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







