Endi huquqbuzarliklarga oid sud jarayonlari jonli efirga uzatiladi
Taraflarning roziligi bilan ayrim huquqbuzarliklarga va oilaviy nizolarga oid fuqarolik sud ishlari ham bundan mustasno emas.

Qayd etilishicha, yil yakunlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarining Ochiqlik indeksi aniqlanadi. Shundan so‘ng quyidagi tadbirlar telekanallar, shuningdek, Internet orqali jonli efirga uzatiladi.
Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi va Senat majlislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi sessiyalari ham ishtirok etadi.
Maʼlumot uchun: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi zimmasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatilgani haqida xabar berilgandi.
Unga ko‘ra, 2021-yil 1-sentabrgacha Ochiq maʼlumotlar portali davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali bilan integratsiya qilinishi va davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlarni Internetga joylashtirish majburiyatlari hisobini yuritishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq sug‘urta shartnomalarining faqat davlat tilida tuzilishi belgilanishi hamda mobil ilovada elektron xizmatlar soni 100 taga yetkazilgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







